Kurs Darslari
INSTRUKTOR BILAN SUHBAT
Premium yoki VIP paketini xarid qilgan o'quvchilarimiz, instruktor bilan onlayn video suhbatlar qilish imkoniga ega bo'ladi!
0/1
Modul 4: UPWORKDA ISH TOPISH – Yuqori byudjetli ishlar topish, kontrakt turlari
Upwork bozorini chuqur tahlil qilish, yuqori to’lovli xaridorlarni topa olish, analiz qilish, ishlarni saralab olish, *connects, kontrakt turlari haqida o’rganing
0/3
INSTRUKTOR BILAN SUHBAT
Premium yoki VIP paketini xarid qilgan o'quvchilarimiz, instruktor bilan onlayn video suhbatlar qilish imkoniga ega bo'ladi!
0/1
Modul 6: KONTRAKTLAR – Xaridorlar bilan kelishish, savdo etikasi
Qanday qilib xaridorlar bilan kuchli kelishuvlarni olib borish, muammoli vaziyatlarni hal qilish, kelishuvlardagi eng ko’p qilinadigan 5ta xato haqida o’rganing
0/4
Modul 8: UPWORKDA AGENTLIK YARATISH
Endi siz faqat o’z vaqtingizni emas balki jamoangiz vaqtini pullashni boshlaysiz va agentlik sifatida upworkda o’z yo’nalishingizda kengayish sirlarini o’rganasiz
0/1
MASTERKLASSLAR
Umumiylashgan va tushunishga oson bo'lgan, Upworkdagi muhim strategiyalar jamlanmasi!
0/1
Upworkda onlayn daromad topish (Premium)
Dars Haqida

Upwork kursida siz Upwork platformasida muvaffaqiyatli frilanserlik karyerasini qurish uchun kerakli barcha bilim va ko’nikmalarni olasiz. Kursni tamomlaganingizda siz quyidagilarga ega bo’lasiz:

Samarali Upwork Profili – Sizning kuchli tomonlaringizni ko’rsatadigan va yuqori to‘lovli mijozlarni jalb qiladigan jozibali profilni qanday yaratishni o’rganasiz. Ma’lumotlarni to’ldirishdan tortib maxsus profillarni yaratishgacha bo’lgan texnikalarni o’rganasiz.

Mijozlarni va Ish E’lonlarini Analiz Qilish Texnikalari – Mijozlarni qanday baholash, xavf belgilarini aniqlash va uzoq muddatli muvaffaqiyat uchun eng yaxshi loyihalalarni tanlashni o’rganasiz.

Muvaffaqiyatli Proposals Strategiyalari – Diqqatni jalb qiladigan va javob olish imkoniyatini oshiradigan takliflar yozish usullarini o’rganasiz. O’zingizni qanday tanishtirish, tajribangizni qanday ko’rsatish va loyiha olish usullarini bilib olasiz.

Muvaffaqiyatli Muzokaralar O’tkazish Ko’nikmalari – O’z ish haqingizni adolatli tarzda olish uchun narxlarni kelishish, shartnomalarni yopish va mijozlar bilan muammosiz ishlashga o’zingizni tayyorlaysiz.

Yuqori Reytinglarni Olish va Saqlash – Ish Muvaffaqiyati Reytingini olish, saqlab turish va yanada oshirish, nizolarni professional tarzda hal qilish va mijozlarni ishlaringiz bilan xursand qilishni o’rganasiz.

Upwork Reytinglari – Rising Talent va Top Rated kabi nishonlarni qanday olish va moliyaviy maqsadlaringizga tezroq erishish uchun ish kunlaringizni qanday rejalashtirishni bilib olasiz.

Upwork Algoritmini Tushunish – Upwork algoritmi qanday ishlashini o’rganasiz va qidiruv natijalarida yuqori o’rinlarda ko’rinish, ko’proq takliflar olish va ularni oshirish uchun kerakli strategiyalarni o’rganasiz.

To’lov va Shartnomalarni Boshqarish – Fiks (belgilangan) va soatlik shartnomalarni boshqarish, Upwork to’lov tuzilmasini tushunish va O’zbekiston sharoitida tranzaksiyalar uchun eng yaxshi to’lov usullarini tanlash bo’yicha ko’rsatmalar olasiz.

Eksklyuziv Resurslar va Shablonlar – Takliflar (Proposals), shartnomalar uchun shablonlarga, shuningdek, O’zbekistonlik mashhur frilanserlar bilan suhbatlarni va ularning tajribalarini eshitish imkoniga ega bo’lasiz.

Upwork kursi orqali ko‘proq mijozlarni jalb qilish, yuqori to‘lovli ishlarni topish va kontraktlar tuzish hamda Upworkda muvaffaqiyatli frilanserlik biznesingizni qurishga tayyor bo‘lasiz.

Onlayn daromad olish uchun eng ishonchli platforma!

Muloqatga qo'shiling
Asilbek Maripov 6 oy oldin
Ассалому Алейкум, Рахмат котакон берилган шанс учун процесс работы бошланди. Худо холаса Ишончизи оклимиза
Javob qaytarish
Furkat Davlatyorov 6 oy oldin
Assalomu aleykum Asilbek! Sizgayam rahmat fikrlaringizni bildirib ketayotganiz uchun! Albatta birga hammasiga erishamiz!
0% Complete
uz_UZO‘zbekcha