Bu maxsus paket – onlayn daromad va onlayn biznes sohasida haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uchun bir nechta kurslarni birlashtiradigan to‘liq yechim. Agar siz frilanser sifatida yuqori byudjetli xaridorlani topmoqchi bo’lsangiz yoki o‘z onlayn kurslaringizni sotish orqali daromad olishni xohlasangiz, bu paket aynan siz uchun! Ushbu paket hozirda 2 ta katta kursni o’z ichiga oladi. Va kelajakda bu paketga boshqa bir nechta kurslar ham qo’shilib boradi.
“Upworkda onlayn daromad topish” kursi orqali Upwork platformasida muvaffaqiyatli ishlashning barcha sirlarini o‘rganasiz, “Onlayn kurs sotish uchun Vebsayt yaratish” kursi esa o‘zingizning o‘quv kurslaringizni sotish uchun ajoyib saytingizni noldan yaratishga yordam beradi. Bu paket sizga nafaqat frilanserlik orqali, balki o‘z bilimlaringizni sotish orqali ham daromad olish imkoniyatini beradi. Hammasi bir joyda – daromad olish uchun zarur bo‘lgan eng kuchli vositalar!
Nima O’rganaman?
1. Upworkda Onlayn Daromad Topish
- Upwork Profili Yaratish va To‘ldirish – Siz kuchli va jozibali profil yaratishni o‘rganasiz, bu sizning kuchli tomonlaringizni ko‘rsatadi va mijozlarni jalb qiladi.
- Takliflar (Proposals) Yozish Texnikalari – Yuqori sifatli takliflar yozish, mijozlarga o‘z xizmatlaringizni taqdim etish va yuqori daromad olish uchun mijozlarning e’tiborini jalb qilish usullarini bilib olasiz.
- Algoritmni Tushunish – Upwork algoritmini tushunish va qidiruv natijalarida yuqoriroq o‘rin egallash uchun zarur texnikalarni bilib olasiz.
- Mijozlarni Tahlil Qilish – Faqat ishonchli va uzoq muddatli mijozlar bilan ishlashni o‘rganasiz.
- To’lov va Shartnomalarni Boshqarish – Muvaffaqiyatli shartnomalar tuzish, to‘lovlarni olish va mijozlar bilan kelishuvga erishish texnikalarini bilib olasiz.
- Yuqori Ish Reytingini Saqlash – Muvaffaqiyatli loyiha yetkazib berish va mijozlardan yaxshi reyting olish uchun eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganasiz.
2. Onlayn Kurs Sotish uchun Vebsayt Yaratish
- WordPress bilan to‘liq kurs vebsayti yaratish – WordPress va Tutor LMS yordamida noldan to‘liq kurs sotish saytini yaratishni o‘rganasiz.
- Asosiy Sahifalar – Bosh sahifa, login sahifasi, kursga yozilish sahifasi, o‘quvchi va instruktor uchun ro‘yxatdan o‘tish sahifalarini yaratishni bilib olasiz.
- Kurs uchun Sahifalar Yaratish – Kurs landing sahifalari va sotuv sahifalarini qanday qilib jozibali va foydalanuvchilar uchun qulay qilib yaratishni o‘rganasiz.
- To‘lov tizimlarini integratsiya qilish – Saytingizga WooCommerce, Click.uz kabi to‘lov tizimlarini ulashni va daromadingizni olishni o‘rganasiz.
- Elementor bilan Dizayn Yaratish – Elementor yordamida sahifalarni chiroyli va foydalanuvchilar uchun qulay dizayn bilan loyihalash ko‘nikmalarini olasiz.
- Plaginlar va Ularning Ishlashi – Tutor LMS va boshqa kerakli plaginlarni qanday sozlash, ularning har biri qanday ishlashini batafsil tushunib olasiz.
- Sotuvlar va Marketing – Kurslaringizni sotish, mijozlar jalb qilish va o‘z onlayn ta’lim biznesingizni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish usullarini o‘rganasiz.
Bu paket bilan siz nafaqat frilanser sifatida daromad topishingiz, balki o‘z bilimlaringizni onlayn kurslar orqali sotish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.