Xarid Savati

empty-cart

Sizning savatingiz bo'sh

Xaridlarga O'tish

Moxie School

Upwork, Fiverrda onlayn daromad topish, video montaj va videografiya kurslarini o’rganing

Bog'laning

Bizni Kuzating

OUR TOP Program

Kurslar / Frilanserlik / Upworkda onlayn daromad topish (Standard)
Frilanserlik

Upworkda onlayn daromad topish (Standard)

Furkat Davlatyorov
Instruktor

Furkat Davlatyorov

Kategoriya

Frilanserlik

Oxirgi Yangilanish

Avgust 29, 2025

5.00 /3

Kurs Haqida

Upwork kursida siz Upwork platformasida muvaffaqiyatli frilanserlik karyerasini qurish uchun kerakli barcha bilim va ko’nikmalarni olasiz. Kursni tamomlaganingizda siz quyidagilarga ega bo’lasiz:

Samarali Upwork Profili – Sizning kuchli tomonlaringizni ko’rsatadigan va yuqori to‘lovli mijozlarni jalb qiladigan jozibali profilni qanday yaratishni o’rganasiz. Ma’lumotlarni to’ldirishdan tortib maxsus profillarni yaratishgacha bo’lgan texnikalarni o’rganasiz.

Muvaffaqiyatli Proposals Strategiyalari – Diqqatni jalb qiladigan va javob olish imkoniyatini oshiradigan takliflar yozish usullarini o’rganasiz. O’zingizni qanday tanishtirish, tajribangizni qanday ko’rsatish va loyiha olish usullarini bilib olasiz.

Upwork Algoritmini Tushunish – Upwork algoritmi qanday ishlashini o’rganasiz va qidiruv natijalarida yuqori o’rinlarda ko’rinish, ko’proq takliflar olish va ularni oshirish uchun kerakli strategiyalarni o’rganasiz.

Mijozlarni va Ish E’lonlarini Analiz Qilish Texnikalari – Mijozlarni qanday baholash, xavf belgilarini aniqlash va uzoq muddatli muvaffaqiyat uchun eng yaxshi loyihalalarni tanlashni o’rganasiz.

Muvaffaqiyatli Muzokaralar O’tkazish Ko’nikmalari – O’z ish haqingizni adolatli tarzda olish uchun narxlarni kelishish, shartnomalarni yopish va mijozlar bilan muammosiz ishlashga o’zingizni tayyorlaysiz.

To’lov va Shartnomalarni Boshqarish – Fiks (belgilangan) va soatlik shartnomalarni boshqarish, Upwork to’lov tuzilmasini tushunish va O’zbekiston sharoitida tranzaksiyalar uchun eng yaxshi to’lov usullarini tanlash bo’yicha ko’rsatmalar olasiz.

Yuqori Reytinglarni Olish va Saqlash – Ish Muvaffaqiyati Reytingini olish, saqlab turish va yanada oshirish, nizolarni professional tarzda hal qilish va mijozlarni ishlaringiz bilan xursand qilishni o’rganasiz.

Upwork Reytinglari – Rising Talent va Top Rated kabi nishonlarni qanday olish va moliyaviy maqsadlaringizga tezroq erishish uchun ish kunlaringizni qanday rejalashtirishni bilib olasiz.

Eksklyuziv Resurslar va Shablonlar – Takliflar, shartnomalar uchun shablonlarga, shuningdek, O’zbekistonlik mashhur frilanserlar bilan suhbatlarni va ularning tajribalarini eshitish imkoniga ega bo’lasiz.

Upwork kursi orqali ko‘proq mijozlarni jalb qilish, yuqori to‘lovli ishlarni topish va kontraktlar tuzish hamda Upworkda muvaffaqiyatli frilanserlik biznesingizni qurishga tayyor bo‘lasiz.
Onlayn daromad olish uchun eng ishonchli platforma!

Ko'proq Ko'rish

Nimalarni o'z ichiga oladi?

  • Samarali Upwork Profili
  • Muvaffaqiyatli Proposals Strategiyalari 
  • Mijozlarni va Ish E'lonlarini Analiz Qilish Texnikalari
  • Muvaffaqiyatli Muzokaralar O'tkazish Ko'nikmalari 
  • Upwork Algoritmini Tushunish
  • To'lov va Shartnomalarni Boshqarish
  • Yuqori Reytinglarni Olish va Saqlash
  • Upwork Reytinglari
  • Eksklyuziv Resurslar va Shablonlar

Materiallar

  • 60+ video darsliklar va materiallar
  • Sertifikat olish

Talablar/Yo'riqnoma

  • Upwork kursini boshlashdan oldin quyidagilarga tayyorgarlik qiling:
  • Internetdan Foydalanish va Kompyuter Ko‘nikmalari – Kompyuterda ishlash, internetda navigatsiya qilish va asosiy yozish, qidirish ko'nikmalariga ega bo'lish kerak.
  • O'rta darajadagi Ingliz Tili – Kurs o'zbek tilida bo‘lsa-da, ingliz tilidagi asosiy o‘qish va yozish ko‘nikmalari kurs bazi materiallarini tushunish va mijozlar bilan ishlash uchun foydali bo‘ladi. Lekin majburiymas.
  • Amaliyotga Tayyorlik – Upworkda muvaffaqiyat bir kechada kelmaydi. Kursda o‘rganilgan strategiyalar va texnikalarni amalga oshirish uchun vaqt va kuch sarflashga tayyor bo‘ling.
  • Savol Berishga Tayyorlik – Kurs jamoasi bilan faol muloqot qiling, savollar bering va munozaralarda ishtirok eting, bu optimal o‘rganish va boshqa frilanserlardan yordam olishga yordam beradi.
  • Agar sizda bu asosiy talablar mavjud bo'lsa, Upwork Mastery kursiga sho'ng'ishga tayyorsiz va frilanserlik kariyerangizni qurishga ilk qadamni tashlashga tayyor bo'lasiz!

Kimlar uchun

  • Upwork kursi quyidagi shaxslar uchun ideal:
  • Frilanserlik Sohasiga Kirishni Xohlovchilar – Frilanserlikka endigina qadam qo'yayotganlar va Upworkda kuchli poydevor bilan boshlamoqchi bo'lganlar uchun.
  • Boshlang'ich, Yangi Upwork Foydalanuvchilari – Birinchi ishni topishga qiynalayotgan yoki mijozlarni jalb qiladigan professional profil yaratish bo'yicha ma'lumotga ega bo'lmaganlar uchun.
  • O'rta Darajadagi Frilanserlar – Upworkda ozgina tajribaga ega, lekin daromadlarini oshirish, yaxshi shartnomalar tuzish va Ish Muvaffaqiyati Reytingini (JSS) yaxshilashni xohlayotganlar uchun.
  • Ingliz Tilida So'zlashmaydiganlar – Platformada muvaffaqiyatli ishlash va takliflarni samarali yozish bo‘yicha ingliz tilidagi har qanday to‘siqlarga qaramasdan yo‘l-yo‘riqlar olishni istaganlar uchun.
  • Barqarorlik Qidirayotgan Frilanserlar – Tartibsiz ishlardan barqaror loyihalar va mijozlarga o‘tishni xohlayotganlar uchun.
  • Kariyerasini O'zgartirishni Maqsad Qilganlar – Frilanser sifatida uzoq muddatli va barqaror daromad oqimini yaratish orqali o'z karerasini o'zgartirishni istayotganlar uchun.
  • Bu kurs mahorat olishga intiluvchilar, Upworkda frilanserlik karyerasini yaratishga vaqt ajratishga tayyor va frilanserlik orqali moliyaviy mustaqillikka erishishga intiluvchilar uchun mo'ljallangan.

Kurs o'quv dasturi

KURSGA KIRISH

INSTRUKTOR BILAN SUHBAT
Premium yoki VIP paketini xarid qilgan o'quvchilarimiz, instruktor bilan onlayn video suhbatlar qilish imkoniga ega bo'ladi!

Modul 1: UPWORK – Onlayn daromadga muvaffaqiyatli qadamlar
Upwork platformasi haqida batafsil malumotlar, Upwork algoritmi sirlari, frilanserlikni to’gri maqsadlar bilan boshlash, platforma qonun-qoidalari haqida o’rganing

Modul 2: UPWORK AKKOUNT – Muvaffaqiyatli Profil yaratish
Qanday qilib kuchli upwork profili yaratish, kalit so’zlardan to’gri foydalanish, kataloglar, portfolio va mahoratlaringizni samarali shakllantirish haqida o’rganing

Modul 3: UPWORKDA TO’LOV TIZIMLARI
O’zbekiston sharoitida upworkdan qanday qilib to’lovlarni yechib olish, Payooner, Wise akkountlaridan ro’yhatdan o’tish, hisob raqam yaratishlar haqida o’rganing

Modul 4: UPWORKDA ISH TOPISH – Yuqori byudjetli ishlar topish, kontrakt turlari
Upwork bozorini chuqur tahlil qilish, yuqori to’lovli xaridorlarni topa olish, analiz qilish, ishlarni saralab olish, *connects, kontrakt turlari haqida o’rganing

Modul 5: PROPOSALS – Xaridorlarga bog’lanish, proyekt olish sirlari
Qanday qilib *proposals (xizmat takliflari) yozish, xaridorlarga to’g’ri takliflar berish, tayyor namunalar, proposols yozishdagi eng ko’p qilinadigan xatolar haqida o’rganing

Modul 6: KONTRAKTLAR – Xaridorlar bilan kelishish, savdo etikasi
Qanday qilib xaridorlar bilan kuchli kelishuvlarni olib borish, muammoli vaziyatlarni hal qilish, kelishuvlardagi eng ko’p qilinadigan 5ta xato haqida o’rganing

Modul 7: UPWORKDA REYTINGLAR VA TOP FRILANSER BO’LISH STRATEGIYALARI
Upworkdagi reyting turlari, top frilanser bo’lish uchun kalit talablar va strategiyalar, reytingga ta’sir qiluvchi faktorlar, frilanser plyus a’zoligi haqida o’rganing

Modul 8: UPWORKDA AGENTLIK YARATISH
Endi siz faqat o’z vaqtingizni emas balki jamoangiz vaqtini pullashni boshlaysiz va agentlik sifatida upworkda o’z yo’nalishingizda kengayish sirlarini o’rganasiz

MASTERKLASSLAR
Umumiylashgan va tushunishga oson bo'lgan, Upworkdagi muhim strategiyalar jamlanmasi

COACHING CALLS – FRILANSERLAR BILAN PODKASTLAR
Muvaffaqiyatli Upwork frilanserlari bilan eksklyuziv suhbatlarni eshiting va ularning muvaffaqiyat kalitlari haqida o'rganing!

Sizning Instruktor

Furkat Davlatyorov
Furkat Davlatyorov
Videograf/Tadbirkor
5.00 Rating 2 Kurslar 17 Talaba

Reyting & Sharhlar

5.0

Total 3 Reyting

5 yulduz
133 %
4 yulduz
0 %
3 yulduz
0 %
2 yulduz
0 %
1 yulduz
0 %

Barcha Sharhlar

Kurs zo'r har bir process sinchkilab tushuntirilgan, haqiqiy ishlidan strategiyalar o'rgatilgan.

AQ

Azizbek Qudratov

3 oy ago

kurs menga jua yoqdi. upwork akkountim deyarli 100% yaxshi deyishim mumkin

FY

Menga juda yoqdi, upworkda endi faoliyat olib bormoqchi bo'lganlarga hamma narsa juda sodda qilib tushuntirilgan. Kurs muallifiga raxmat deyman.

1 997 000 UZS 3 330 000 UZS
-41%
Kurs tarkibi:
Darslar 64
Davomiyligi 30soat
Darajasi O'rta daraja
Kurs Tili Uzbek
Sertifikat Yes
Share Course
Page Link
Share On Social Media

Har xil turdagi onlayn kurslar, Upwork, Fiverrda onlayn daromad topish, video montaj va videografiya kurslarini o’rganing

Aloqa

uz_UZO‘zbekcha